29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,3 °C

Ijtimoiy hayot
4 May  2020 728

MISiS: sirdaryoliklarning ruhiy holati ham eʼtibor markazida

Sirdaryoda viloyatining Sardoba suv omborida roʻy bergan hodisa xalqimizni birlashtirib, odamlarning bir-biriga boʻlgan mehr-oqibatini yana-da orttirmoqda. Aslida ham aynan shunday ogʻir paytlarda insonlar bir-biriga qayishadi, qoʻllab-quvvatlaydi.

Yuzaga kelgan talafotlarni bartaraf etish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlaridan koʻmak karvonlari, xasharchilar va koʻngillilar kelishi davom etmoqda.

Xususan, 2-may kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi ishchi-xodimlar, professor-oʻqituvchilar, volontyorlar Sardoba fojiasida jabr koʻrgan oilalarga koʻmak koʻrsatish maqsadida, xayriya ishlarini boshlab yuborishdi.

Ular tomonidan homiylar koʻmagida toʻplangan bir necha yuk avtomashinalarida kundalik roʻzgʻor uchun zarur boʻlgan kartoshka, piyoz, karam, sabzi, un, goʻsht, yogʻ, makaron, turli konserva va shirinliklar, shakar, tuxum, guruch, sut mahsulotlari va boshqa oziq-ovqatlar bilan birga issiq kiyim-kechaklar, roʻzgʻor buyumlari, gigiyenik vositalar, badiiy kitoblar, oʻquv qurollari va boshqa turdagi mahsulotlardan iborat “Saxovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga yetkazildi.

Ushbu savobli ishlarning eng faol ishtirokchilari qatorida Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy universitetlar filiallarining xodimlarini, jumladan, Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning (Rossiya Federatsiyasi) Olmaliq shahridagi filiali professor-oʻqituvchilarini ham kuzatishimz mumkin.

MISiS mutaxassislari Respublika ishchi guruhi faoliyatiga jalb etilib, joylarda vaqtinchalik koʻchirilgan aholi muammolarini hal etishda samarali ishtirok etmoqda. Xususan, oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda turar joy taʼminoti kabi masalalar tezkorlik bilan oʻzim yechimini topmoqda.

Shu bilan bir qatorda aholi orasida tushkunlik kayfiyatini oldini olish maqsadida, MISiS vakillari yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida joylarda keng tushuntirish ishlarini olib bormoqda, maxsus guruhlarda ijtiomiy psixologik treninglar tashkil qilmoqda. Yosh bolalarning ruhiy tiklanishlari uchun esa maxsus psixologik mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda. Shu kunga qadar jami mingga yaqin oilalar bilan targʻibot ishlari olib borildi.

Yurtdoshlarimizning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni ruhiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida, MISiS vakillari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda stol tennisi, shaxmat-shashka sport turlari boʻyicha bir qator musobaqalar ham tashkil etilyapti.

Xulosa oʻrnida shu aytib oʻtish joizki, xalqimiz tabiatida saxovatpeshalik va bagʻrikenglik xislatlari mujassam. Sirdaryoda roʻy bergan fojia esa, xalqimizning yon-atrofidagilar, ayniqsa, qoʻshnisining boshiga musibat tushganda hech qachon qarab turmasligini yana bir bor isbotladi. Demak, bu kabi saxovatli ishlar yana davom etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech