18 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,8 °C

Urbanizatsiya
28 Noyabr  2018 1955

Mirzacho‘lda yangi hayot boshlanayapti

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida bayram ketidan bayram, har kuni qurib bitkazilgan uylarga egalari birin-ketin ko‘chib kirmoqda. Faqat bugina emas, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlarining amalga oshirilishi natijasida shahar va qishloqlardagi infratuzilma hamda aholining turmush farovonligi yuksalmoqda.

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida bayram ketidan bayram, har kuni qurib bitkazilgan uylarga egalari birin-ketin ko‘chib kirmoqda. Faqat bugina emas, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlarining amalga oshirilishi natijasida shahar va qishloqlardagi infratuzilma hamda aholining turmush farovonligi yuksalmoqda.

Bunda asosiy e’tibor aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga qaratilgan. Bozorgul Ahmedova ham ana shunday yangi uylardan biriga ega bo‘lgan baxtiyor insonga aylanib, «Obod qishloq» davlat dasturi sabab boshpanali bo‘ldi. Bungacha to‘liq bo‘lmagan oilada farzandlarini tarbiyalayotgan ayolning o‘z uyi yo‘q edi.

- Ko‘z ochib-yumguncha ko‘p narsa o‘zgarib ketishi mumkinligiga endi ishondim, - deydi B.Ahmedova. – Ikki yil muqaddam barcha qulayliklarga ega o‘z uyim bo‘lishini hatto, tasavvur ham qila olmasdim. Ikki taraflama baxt kulib boqdi, desam ham bo‘ladi, menga yana ish ham taklif qilishdi.

Jizzax viloyati Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan joriy yilda asosan, «Manaslik chevarlar», «Manas tikuvchilik majmuasi», «Mirzacho‘l teks» to‘quvchilik fabrikalari va boshqa joylarda 1232 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bunda imkoniyati cheklangan, qari va yolg‘iz kishilarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2017-yil 1-dekabrdagi «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq ular har tomonlama ko‘mak olmoqda, uylarga va ishlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Ta’kidlash joizki, davlat dasturi doirasida hududning shahar va qishloqlarda 10 452ta  xususiy uyni ta’mirlash, 176,6 kilometrlik suv quvurlari hamda 305 kilometrlik elektr simlarini tortish, 250 kilometr avtoyo‘llarni yangilash, 100 dan ortiq ijtimoiy ob’ektlar va boshqalarni qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Otabek Iskandarov.

Rashid Galiev olgan surat.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech