23 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Mamlakatimizda
15 Mart  2019 513

Mirabror Usmonov 71 yoshda vafot etdi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi (ayni vaqtda assotsiatsiya maqomida) sobiq rahbari, senator Mirabror Usmonov vafot etdi.

 

Mirabror Usmonov 12-mart kuni o‘pka va nafas yo‘llari bilan bog‘liq kasallik sabab Milliy olimpiya qo‘mitasi klinikasining («Ezgu niyat») reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgandi.

Marhumning janozasi bugun Yunusobod tumanidagi «Minor» masjidida o‘qiladi.

Ma'lumot uchun, Mirabror Usmonov 2006-yildan 2017-yilgacha O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti lavozimida ishlagan. 2013-yildan 2017-yilgacha Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari sifatida ham faoliyat yuritgan. 2005-yildan esa Oliy Majlis senatori sifatida ishlab kelayotgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech