06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Salomatlik
20 May  2020 574

Koronavirus chekinyapti

Bugun Qoraqalpogʻistonda 6 nafar, Namanganda 5 nafar bemor sogʻaydi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida tuzalib chiqqanlarning barchasi erkak boʻlib, Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda boʻlsa, eng kichigi 21 yosh.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida shu paytga qadar sogʻaygan bemorlar soni 118 nafarga yetdi.

Namanganda tuzalib chiqqanlarning 1 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 66 yoshda boʻlsa, eng kichigi 14 yosh.

Viloyatda shu paytga qadar 219 nafar bemor sogʻayib chiqqan.

Ayni paytda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar soni 2 349 nafarni tashkil etadi deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech