17 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,6 °C

Salomatlik
4 May  2019 2653

Ortiqcha vazn – qo‘shimcha kasallik

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommalashtirishga qaratilgan ommaviy tadbirlar may oyida yanada ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda. Bugun, 4-may kuni “Ortiqcha vazn – qo‘shimcha kasallik” shiori ostida yurish va gimnastika tadbirlari o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ma'lumki, yurish orqali yurak qon-tomir kasalliklari, insult, xavfli o‘smalar, nafas olish a'zolarining surunkali kasalliklari va qandli diabet kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olinadi. Bundan tashqari, jismoniy faollik sabab nosog‘lom turmush tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish, chekish, ichish kabi salbiy illatlarga ham chek qo‘yiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan ushbu ommaviy tadbirlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari, yurtimizdagi tibbiyot muassasalari shifokorlari, hududlardagi hamkor tashkilotlar vakillari hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘tgan davrda “Yurish kuni”, “Yurish bo‘yicha marafon kuni”, “Salomatlik sari qadam”, “Velosipedda sayr kuni”, “5 kilometr masofaga faol yurish”  hamda “Sog‘lom ozish kuni”, “Faol yurish va muassasalararo sport musobaqalari” kabi ommaviy tadbirlari mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil etilgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech