28 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,6 °C

Transport
27 Iyun  2020 968

Aviachipta sotib olishga shoshilmang

Rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ishonib aviachiptalarni sotib olmang.

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida ayrim xorijiy aviakompaniyalar joriy yilning 1-iyuldan boshlab Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni qayta tiklashi va shu munosabat bilan avia chiptalar sotuvi boshlangani toʻgʻrisidagi xabarlar tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Transport vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Respublika maxsus komissiyasining respublika hududida kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati joriy yilning 1-avgustiga qadar saqlanib qolishi belgilangan. Bunda joriy etilgan barcha cheklovchi choralar saqlanib qoladi.

Shu munosabat bilan vazirlik xorijiy davlatlar aviatsiya maʼmuriyatlariga Oʻzbekiston Respublikasiga aviakompaniyalarning muntazam parvozlarni amalga oshirishga hali ruhsat berilmaganligini eslatadi.

Unda «Shu oʻrinda, yoʻlovchilarga eslatib oʻtamiz, turli aviakompaniyalarning Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni boshlashi toʻgʻrisida taraqalayotgan rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ishonib aviachiptalarni sotib olmang» — deyiladi.

Muntazam reyslar tiklangunga qadar faqat Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq charter reyslarigina amalga oshiriladi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech