09 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3 °C

Transport
17 Noyabr  2019 528

Minskda Ravon avtomobillarining tantanali taqdimoti o‘tkazildi

Minskda Ravon brendi avtomobillarining Belarus Respublikasida savdoga chiqarilishi munosabati bilan tantanali taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi UzAuto Motors matbuot xizmati. 

 

Ravon Belarus bozoriga uchta taniqli Ravon R2, Ravon R3 hamda Ravon R4 modellarini taqdim etdi.

Avval xabar qilinganidek, 25-oktabr kuni O‘zbekistondan Minskgacha to‘g‘ri ishlab chiqarish liniyasidan olingan Ravon R2, R3 hamda R4 avtomobillarida yirik Toshkent-Minsk yirik avtopoygasi start oldi. Poyganing maqsadi Belorus iste'molchilar bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatish va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar ishonchliligini namoyish etishdan iborat edi.

14 noyabr kuni Minskda avtopoygaga yakun yasaldi hamda uning muvaffaqiyatli natijalari hamda Belarus bozorida Ravon brendi savdosi yo‘lga qo‘yilishi rasman e'lon qilindi.

UzAuto Motors Belarus Respublikasida yangi avtomobillar bozorning 10 foizini egallamoqchi.

Mamlakat iqlimini inobatga olgan holda, UzAuto Motors qo‘shimcha ravishda barcha avtomobillarni korroziyaga qarshi aralashma bilan qoplaydi va zangga qarshi 10 yillik kafolat beradi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech