20 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,9 °C

Energetika
3 Fevral  2020 4858

Energetika vaziri Alisher Sultonov yoshlar bilan uchrashdi

1-fevral kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov yoshlar bilan uchrashdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va tizim tarkibidagi tashkilot rahbariyati, filial o‘qituvchilari va talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Alisher Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi Prezidentimizning murojaatidan kelib chiqadigan vazifalar, soha muammolarini yechishda yoshlarning o‘rni, vazirlik amalga oshirmoqchi bo‘lgan rejalar haqida fikr bildirdi. Yosh mutaxassislar va talabalarning yangi loyihalari, xalqaro olimpiadalarda qatnashish, sport komplekslari faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

Shuningdek, uchrashuvda filial talabalari, yoshlar yetakchilari neft va gaz sohasidagi amaliy ishlari, o‘zlarining olib borayotgan ilmiy ishlari va tadqiqolari, sohada amalga oshirilishi zarur innovatsion g‘oyalari, turli muammalar va ularning yechimlari hamda o‘zlarining qator takliflarni bildirishdi.

Bugungi kunda Energetika vazirligi tizimida jami 121600 kishi ishlaydi. Ularning 21761 nafari, ya'ni 17,8 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar, ulardan 444 nafari turli darajadagi menejerlardir. Yosh mutaxassislarning 3113 nafari, boshqacha qilib aytganda14,3 foizi qizlar, shundan 26 nafari menejerlardan iborat.

Shuningdek, ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan yosh amaliyotchilar o‘quv jarayoniga jalb qilinmoqda, ular sohaga tegishli korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tamoqda.

Uchrashuvda Kimyo fanlari doktori professor, Akademik Sayyora Sharafovna Rashidova, O‘zbekiston xalq artisti Melnikova Galina Vitalevna va shu soha professor ustozlari ham ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining filiali talabalari bilan oldingi uchrashuv 2019-yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan edi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech