17 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,3 °C

Mamlakatimizda
21 Mart  2019 1611

Mingbuloq tumanining avvalgi hokimi viloyat hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Namangan Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, Xalq deputatlari Mingbuloq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan.

Sessiyada viloyat hokimi o‘rinbosarlari, hokimlik guruhi va kotibiyati rahbarlari, viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari boshliqlari, tegishli viloyat, tuman tashkilotlari mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.

Sessiyada hozirda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Nurshod Nurmamatovich Xudoyberdievni Mingbuloq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimi (2019 yil 20 martdagi 203-sonli) qarori deputatlar e'tiboriga havola etilgan.

Deputatlar viloyat hokimining qarorini bir ovozdan tasdiqladilar.

Mingbuloq tumanining avvalgi hokimi viloyat hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Mingbuloq tumanining avvalgi hokimi Tohirjon Rapiqov viloyat hokimi qaroriga ko‘ra, Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech