02 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,5 °C

Energetika
3 Fevral  2020 1945

Gaz quvuridagi yong‘in bartaraf etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Samarqand viloyati Narpay tumani hududida katta magistral gaz quvuri portladi» mazmunida xabar va videolavha tarqagani ko‘pchilika ma'lum.

Ushbu holat yuzasidan Energetika vazirligi axbort xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Haqiqatdan ham Samarqand viloyati Narpay tumani Mirbozor shaharchasi yaqinidagi Zirabuloq magistral gaz quvurida 2-fevral kuni soat 16.45 larda BGR-TBA Magistral gaz quvurlari 1-4 tarmoqlarining gaz quvuri yorilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Avariya natijasida jarohatlanganlar va qurbonlar yo‘q.

«O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyatining Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi  va Favqulotda vaziyatlar vazirligi maxsus ishchi guruhlarining tezkor harakatlari natijasida soat 17:15da yong‘in bartaraf etildi.

BGR-TBA Magistral gaz quvurlarining 2-3 tarmoqlari orqali gaz transport tizimi uzluksiz ishlashi yo‘lga qo‘yildi.

Ayni paytda Zirabuloq, G‘allaorol, Muborak va Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmalarining maxsus ta’mirlash brigadalari talofatni bartaraf etish maqsadida voqyea joyida ish olib bormoqda, qisqa muddatlarda magistral gaz quvurlari qayta ishga tushiriladi va barqaror ishlashi ta'minlanadi. Yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech