14 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Mamlakatimizda
8 Iyul  2019 2309

Milliy universitetning Jizzax filiali tashkil etildi

Hukumat qarori (563-son, 05.07.2019 y.) bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali tashkil etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, psixologiya, pedagogika, matematika va tabiiy fanlar, mexanika va boshqa ehtiyoj yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash Filialning asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Shuningdek, Filial psixologiya sohasida Rossiya Federatsiyasining yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma dasturlar asosida malakali kadrlar tayyorlaydi.

2019/2020-o‘quv yilida Filialga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.

2020/2021-o‘quv yilidan boshlab talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech