16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Mamlakatimizda
12 Sentyabr  2019 262

Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari

“Xalq so‘zi” va “Народное слово” gazetalari tahririyatida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari – taraqqiyotimizning ma'naviy asosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Uda so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Ma'naviy-ma'rifiy soha hamda markaziy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan tadbirda qayd etilganidek, globallashuv jarayonining shiddat bilan tus olishi oqibatida o‘sib kelayotgan yoshlar orasida turli yot g‘oyalarning shakllanishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar mamlakatimizda ro‘y berayotgan yangilanish sur'atlaridan ortda qolmoqda. Shuningdek, dunyoda yuz berayotgan muroakkab mafkuraviy va giyosiyosiy jarayonlarni anglash darajasining yetarlicha shakllanmagani odam savdosi, ekstremizm, “ommaviy madaniyat” va narkobiznes kabi tahdidlarga qarshi kurashishda milliy g‘oya omilidan foydalanish imkonini bermayapti.

Davra suhbatida axborot maydonida ko‘proq negativ fikrlar bo‘layotgani, bunga qarshi pozitiv, nekbin mazmundagi mavzular bilan mutanosib to‘ldirishga e'tibor qaratish kerakligi aytib o‘tildi.

Tadbir qiziqarli savol-javoblar va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.  

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech