22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Sport
11 Fevral  2019 1546

Milliy terma jamoamiz mart oyida “China Cup” musobaqasida qatnashadi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bo‘lajak FIFA kunlaridan unumli foydalanib, milliy terma jamoamiz uchun o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati. 

Jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 18-26-mart kunlari Xitoyning Guansi shahrida bo‘lib o‘tadigan “China Cup” musobaqasida ishtirok etadi. Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tayland kabi terma jamoalar ishtirok etadi. Qur’aga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi Tayland bilan, Xitoy esa Urugvay bilan to‘p suradi. Ikkinchi o‘yinda dastlabki juftliklar g‘oliblari o‘zaro kuch sinashadi. Shuningdek, birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan jamoalar ham bir biri bilan yana bitta o‘yin o‘tkazadi. 

 Ma’lumot uchun, “China Cup” musobaqasi ikki yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2017-yil musobaqada Chili, Islandiya, Xorvatiya va Xitoy qatnashgan. Chili terma jamoasi g‘olib chiqqan. 2018-yilda esa Urugvay, Uels, Chexiya va Xitoy ishtirok etgan va Urugvay terma jamoasi g‘olib bo‘lgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech