24 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,1 °C

Sport
8 May  2019 914

Milliy terma jamoamiz 2-iyun kuni Turkiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, iyun oyidagi FIFA kunlarida KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi haqida xabar bergandik.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro aloqalar departamenti tomonidan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida milliy terma jamoamiz uchun yana bir kuchli raqib topildi.

Shu yilning 2-iyun kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Antaliyada Turkiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, Turkiya terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingida 39-pog‘onani egallab turibdi. Hozirda Turkiya terma jamoasini Shenol Gyunesh boshqarib kelmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech