22 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,4 °C

Sport
9 Aprel  2019 1160

Milliy sportimiz Kurash Islom birdamligi sport o‘yinlari dasturiga kiritiladi

Ayni kunlarda Saudiya Arabistonning Jidda shahrida Islom birdamligi sport federatsiyasining navbatdan tashqari Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu yirik anjuman doirasida tashkilotga yangi prezident saylash kun tartibining asosiy masalasi edi. Saylov natijalariga ko‘ra, 2019-2021 yillar uchun tashkilotga prezident sifatida shahzoda Abdulaziz Bin Turki Al Faysal Al Saud saylandi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

 

Assambleyada saylov jarayonidan tashqari, Milliy olimpiya qo‘mitalari va Xalqaro sport federatsiyalari o‘rtasida qator sohalarni birgalikda rivojlantirish, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash chora-tadbirlari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov ishtirok etyapti.

Biz uchun quvonarlisi, o‘zbek xalqining milliy sport turi hisoblanmish Kurash endilikda Islom birdamligi sport o‘yinlari dasturiga kiritiladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Jakartada Kurash bo‘yicha 7 vazn toifasida medallar jamlanmasi o‘ynalgan edi. Yaqinda Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabax va Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti, Osiyo o‘yinlari departamenti direktori Xaydar Farmonning yurtimizga tashrif buyurgan va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan o‘tgan uchrashuvdan so‘ng keyingi Osiyo o‘yinlarida kurash bo‘yicha 15 ta medallar jamlanmasi o‘ynalishi borasida kelishuvga erishilgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech