19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37,7 °C

Mamlakatimizda
22 Fevral  2019 1630

Milliy rassomlik va dizayn institutiga yangi rektor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullaev Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimiga tayinlandi.

 

N.Sayfullayev 1975-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996-yil Toshkent davlat madaniyat institutini, 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan, san’atshunoslik fanlari nomzodi.

Mehnat faoliyati davomida “O‘zbekteatr” birlashmasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, bosh direktori o‘rinbosari vazifalarida ishlagan. Shuningdek, o‘rindoshlik asosida O‘zbekiston davlat san’at institutining San’atshunoslik kafedrasida pedagoglik faoliyatini olib borgan.

2014-yil martdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bosh mutaxassis, 2016-yil oktyabrdan Madaniyat va san’at masalalari sho‘basi mudiri lavozimlarida ishlagan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech