09 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,9 °C

Moliya
26 May  2020 410

Migrantlar uchun yana bir yengillik

BMT: pandemiya davrida migrantlarning pul oʻtkazmalari bepul boʻlishi kerak.

Pandemiya davrida BMT qator tashkilotga aʼzo mamlakatlarning migrantlar uchun pul joʻnatish sharoitlarini yengillashtirish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

Tashkilot mehnat migrantlari uchun moliyaviy yuklamani kamaytirish va ular uchun vataniga pul joʻnatishni bepul qilish zarur, deb hisoblaydi. Zero, ular tranzaksiya uchun toʻlayotgan foizlari, ayniqsa, pandemiya sharoitida ogʻirlik qiladi.

BMT pul oʻtkazmalari hajmining kamayishi qashshoq davlatlar iqtisodiyatiga katta taʼsir koʻrsatishidan xavotirlanmoqda. Ular shundoq ham pandemiyadan zarar koʻrmoqda.

Avvaliga ushbu tashabbus Buyuk Britaniya va Shveysariyadan chiqqan edi. Keyin uni xalqaro tashkilotlar, jumladan, Jahon banki va BMT tarkibidagi bir qator muassasalar qoʻllab-quvvatladi. Asosiy maqsad – rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy oqim yoʻlidagi toʻsiqlarni olib tashlashdir, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech