03 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Turizm
1 Mart  2020 3378

«ITB Berlin -2020» xalqaro turizm ko‘rgazmasi bekor qilindi

COVID-19 virusi bilan kasallanganlar soni oshib borishi munosabati bilan «ITB Berlin -2020» xalqaro turistik ko‘rgazmasi bekor qilindi.

Germaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi va IIV inqirozli holatlar shtabida shu haqida xabar berildi.   So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yarmarkada ishtirok etish uchun jahonning 180 mamlakatidan 10 ming kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Shuningdek, yarmarkaga turli davlatlardan 160 mingga yaqin mehmonning kelishi kutilayotgan edi. Tadbir tashkilotchilari «Messe Berlin» ko‘rgazma markazi vakillari yarmarka o‘tishi kerak bo‘lgan Sharlottenburg-Vilmersdorf ma'muriy okrugiga nisbatan hukumat tomonidan qo‘yilgan xavfsizlik shartlarini bajara olmasliklarini tasdiqlashdi. Shartga ko‘ra, yarmarkaning har bir ishtirokchisi kasallik xavfi bo‘lgan mamlakatdan kelmagani yoki o‘sha zonalardan bo‘lgan kishilar bilan aloqada bo‘lmaganini isbotlashi kerak edi. Germaniya inqirozli holatlar shtabining o‘zi ham «ITB-Berlin-2020» ko‘rgazmasini bekor qilishni tavsiya qilgan.

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugunga kelib dunyoda karonavirus bilan kasallanganlar soni 85 mingdan oshdi. Ularning 2,9 ming nafari kasallik natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Kasallik dunyoning 55 mamlakatida qayd etilgan. O‘zbekistonda COVID-19 virusi bilan kasallanish holati aniqlanmagan, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat ыщmitasi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech