19 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,2 °C

Salomatlik
27 Fevral  2020 2671

Dunyo anesteziolog va reanimatologlari yurtimizda 

Toshkentda «Anesteziologiya-reanimatologiya va intensiv davolashda yangi texnologiyalar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani ish ish boshladi.

 Sog‘liqni saqlash vazirligi va akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan  tashkillashtirilgan anjumanda Rossiya, AQSh, Germaniya, Italiya, Daniya, Turkiya, Shveytsariya, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston kabi qator davlatlarning taniqli mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Ushbu tadbirdan maqsad anesteziologiya-reanimatologiya va intensiv davolashda dunyo tajribasi, bu sohadagi tibbiyotning zamonaviy yutuqlarini amaliyotga keng tatbiq etishdir.

Anjumanda yetakchi xorijiy mutaxassislarning ma’ruzalari, mahorat saboqlari, zamonaviy tibbiy jihozlar ko‘rgazmasi, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganchdagi shifoxonalarda mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari ham bo‘lib o‘tadi.

Tadbir davomida «Sport tibbiyoti amaliyotidagi shoshilinch holatlar» ga bag‘ishlangan seksiya ham o‘tkazildi. Unda 200 nafardan ortiq mutaxassis, jumladan, sport tibbiyoti shifokorlari, magistrlar va klinik ordinatorlar ishtirok etmoqda. Anjumanda ilk bor o‘rta tibbiyot xodimlari — anesteziologiya va reanimatsiya xizmatida faoliyat ko‘rsatayotgan 150 nafar hamshira ham faol qatnashmoqda.

O‘zaro muloqotlarda sohadagi eng dolzarb masalalar, jumladan, tizim uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, innovatsion usullarni tatbiq qilish, anesteziologiya va reanimatsiya xavfsizligini ta'minlash, nafas yetishmovchiligi uchun davolashning yangi texnologiyalari, intensiv terapiyada va reanimatsiya bo‘limlarida bemorlar uchun ozuqaviy va metabolik qo‘llab-quvvatlash, hayot uchun muhim bo‘lgan a'zolarni transplantatsiya qilishda anesteziologik qo‘llanma va intensiv davolash kabi masalalarga e’tibor qaratildi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech