01 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,9 °C

Sanoat
9 Yanvar  2020 1275

Meva-sabzavotlarni sublimatsiya usulida quritish texnologiyasiga ega ilk korxona ishga tushirilmoqda

“O‘zbekoziqovqatxolding” ko‘magi bilan  Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida meva-sabzavot mahsulotlarini sublimatsiya usulida quritishga ixtisoslashgan “SUB DRY”  mas'uliyati cheklangan jamiyati ishga tushirilmoqda, deb xabar qiladi “O‘zbekoziqovqatxolding” Axborot xizmati.

Ayni vaqtda korxona  Xitoy davlatidan keltirilgan asbob uskunalar bilan jihozlangan. Ishlab chiqarish jarayoni sinovdan o‘tkazilib,  tayyor mahsulotlarning ilk namunalari olingan. 

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi “SUB DRY”  MChJ mamlakatimizda meva-sabzavot mahsulotlarini sublimatsiya usulida quritish texnologiyasiga ega yagona korxona hisoblanib, kuniga 20 tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Ma'lumot o‘rnida,   sublimatsiya  texnologiyasida  meva-sabzavot, poliz mahsulotlari vakuum ostida, past haroratda sovutilib, quritiladi. Natijada   mahsulotning mazasi va foydali  elementlari boshqa quritish texnologiyalariga qaraganda yuqori darajada saqlab qolinadi. Shu boisdan jahon bozorida sublimatsiya usulida tayyorlangan mahsulotlarga talab yuqori.  Kosmonavtika sohasida ham aynan sublimatsiya usulida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalaniladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech