18 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,6 °C

Agrosеktor
13 Dekabr  2019 2495

Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumandagi bog‘lar xatlovdan o‘tkaziladi

“Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori (11.12.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qarorga muvofiq, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda klaster va kooperatsiya tizimini rivojlantirishning yangi mexanizmlari joriy etiladi.

Meva-sabzavot klasteri tashabbuskor, tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuv asosida tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra:

- meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumandagi mavjud bog‘ va tokzorlar xatlovdan o‘tkaziladi;

- xatlov natijasiga ko‘ra samarasiz bog‘ va tokzorlarni yangilash yuzasidan tumanlar kesimida manzilli ro‘yxatlar shakllantiriladi va tasdiqlanadi;

- yangi bog‘ va tokzorlarni barpo etishda ular oldindan aniq meva-sabzavot klasteriga yoki qishloq xo‘jaligi birlashmasiga biriktiriladi.

Quyidagi yerlarda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etiladi, issiqxonalar quriladi hamda ular aholiga lizing va kredit shartlari asosida beriladi:

- qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari;

- hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan bo‘shagan maydonlar;

- yaroqsiz deb topilgan bog‘ va tokzorlar joylashgan yerlar.

Qarorga muvofiq:

- qishloq xo‘jaligi birlashmalari a'zolari va meva-sabzavot klasterlari ishtirokchilariga intensiv ko‘chatlar (pakana va yarim pakana) hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratiladi;

- uzumchilik yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafillik taqdim etiladi;

- kam ta'minlangan oilalar bandligini ta'minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi birlashmalari a'zolariga subsidiyalar ajratiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech