06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28 °C

Mamlakatimizda
8 Aprel  2020 2077

Metrologiya xizmatining vakolatlari belgilandi

2020-yil 7-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘RQ-614-sonli «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri imzolandi.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston metrologiya xizmati davlat metrologiya xizmatidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlaridan, shuningdek boshqa yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan iborat.

Davlat metrologiya xizmati – maxsus vakolatli organ (O‘zstandart), uning hududiy bo‘linmalari va O‘zbekiston milliy metrologiya institutidan iborat.

Qonun bilan mazkur organlarning metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi vakolatlari belgilab berildi.

Shuningdek, Qonun bilan, O‘zbekistonda o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta'minlashga doir normativ hujjatlarning quyidagi turlari belgilandi:

- o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyoti;

- o‘lchash vositalarini kalibrlash uslubiyoti;

- o‘lchashlarning bajarish uslubiyoti;

- sinov vositalarini attestatsiya qilish uslubiyoti.

Qonunga «o‘ramlarga qadoqlangan tovar» termini hamda o‘ramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya nazoratini tartibga soladigan yangi modda kiritildi.

Unga ko‘ra, bunday nazorat o‘ram tarkibini o‘ramni ochmasdan yoki deformatsiya qilmasdan o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan taqdirda, o‘ramdagi tovar miqdorini ko‘rsatuvchi massa, hajm, uzunlik, maydon yoki boshqa kattaliklar esa o‘ramda belgilangan hollarda amalga oshiriladi.

Bunda davlat metrologiya nazorati tekshiruv xaridi orqali amalga oshirilishi mumkin, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech