
Transport
11
Iyul 2019
840
“Paxtakor” metro bekatida 58 yoshli ayol temir yo‘l izlariga yiqilib tushdi
Bugun, 11-iyul kuni taxminan soat 16:00 da “Paxtakor” metro bekatida 1961-yilda tug‘ilgan fuqaro K.V. temir yo‘l izlariga yiqilib tushgan, deb xabar beradi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.
Stansiya xodimlarining tezkor xatti-harakatlari oqibatida keksa ayol platformaga xech qanday jarohatlarsiz olib chiqilgan. U metroga tushgan vaqtida boshi aylanganligini ta'kidladi.
Mazkur holat metropoliten poezdlarining harakat jadvaliga ta'sir ko‘rsatmagan.
O‘zbekiston sinoptiklarining ogohlantirishlarini hisobga olgan holda, yo‘lovchilardan ehtiyot bo‘lishini va organizmning haddan tashqari qizib ketishiga kerakli choralarni ko‘rishlarini so‘raymiz, deyiladi xabarda.