23 Fevral 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,6 °C

Ijtimoiy hayot
9 Yanvar  2019 429

Mehnat huquqlari buzilsa taraqqiyot bo‘lmaydi

Agar mantiqan o‘ylab ko‘rilsa, juda ko‘p narsa xodimlarning mehnat huquqlari buzilishidan kelib chiqadi.

Ish haqlarning kamligi – aksariyat hollarda korrupsiya yoki shu kabi jinoyatlarga yetaklaydi.

Ish vaqtining tayinsizligi (har kuni kechqurun soat 10-11 (yoki undan ham kech)gacha ishlash) – farzandlar tarbiyasining sustlashishiga yetaklaydi, salomatlik yo‘qolishiga olib keladi.

Dam olish kunlarisiz ishlash – ruhiy zo‘riqish va oilalardagi notinchlikka sabab bo‘ladi.

Ta’tilsiz ishlash – ish sifatining keskin pasayishiga olib keladi.

Mehnat muhofazasi ta’minlanmagan joyda ishlash – halok bo‘lganlar va nogironlar sonining ko‘payishiga sababchi bo‘ladi.

Ishsizlikning yuqori darajasi – jamiyatdagi umumiy norozilik va pessimistlikni keltirib chiqaradi, ijtimoiy muvozanatni izdan chiqaradi.

Balki bularning barchasi bittada sodir bo‘lmas. Ya’ni farzandlar bir kunda betarbiya bo‘lib qolmaydi, oilalar bir kunda ajrashib ketmaydi, bir kunda hamma jinoyatchiga yoki poraxo‘rga aylanib qolmaydi. Lekin bu sekin ta’sir etadi, vaqt o‘tishi bilan jamiyatni falajlaydi, oxir-oqibat baribir salbiy oqibat sodir bo‘ladi.

Xodimlarning qadr-qimmati yetarlicha ta’minlanmagan, qilgan mehnatiga yarasha rag‘batlantirilmaydigan jamiyat rivojlanmaydi.

Ammo sharoit yaratilgan, mehnat huquqlari ta'minlangan sharoitda ishlab ayni ishonchni su’istemol qilinsa ham me’yorlar buziladi. Shunday ekan, qars ikki qo‘ldan chiqadi.

Mehrangiz Usmonova.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech