26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +36,4 °C

Turizm
6 Yanvar  2019 1555

Mehmonxona qurish uchun xarajatlarning bir qismi Davlat hisobidan qoplanadi

Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar tasdiqlandi:

– 2019–2021-yillarda O‘zbekistonda mehmonxonalar qurilishining maqsadli parametrlari;

– mehmonxonalar tashkil etish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxati;

– zamonaviy axborot texnologiyalari tatbiq etiladigan madaniyat muassasalari va ob’ektlari ro‘yxati.

Qaror bilan madaniyat muassasalari va ob’ektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish bo‘yicha ishchi guruh tashkil etildi.

Ishchi guruh 2019-yil 1-iyulga qadar tegishli madaniyat muassasalari va ob’ektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rnatishni ta’minlaydi.

Qarorga ko‘ra, mehmonxona qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi qurilish tugallangandan so‘ng investorga mulk huquqi asosida sotilishi mumkin, moddiy madaniy meros ob'ektlarining hududi va muhofaza zonasi hamda qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari bundan mustasno.

Bundan tashqari, 3 yulduzli toifa uchun 50 ta xonadan kam bo‘lmagan va 4 yulduzli toifa uchun 100 ta xonadan kam bo‘lmagan xonalar fondiga ega mehmonxona 2022-yil 1-yanvargacha foydalanishga topshirilgan taqdirda, mehmonxona toifasi tasdiqlangach yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarining bir qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech