12 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Mamlakatimizda
27 May  2020 877

“Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni taʼsis etildi

“Mehr-saxovat” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni taʼsis etildi va koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston fuqarolari koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini koʻrsatgani, shuningdek begʻaraz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan koʻpchilikka alohida oʻrnak boʻlgani, boshqa shu kabi tashabbuskorlik va faollik uchun mukofotlanadi.

Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech