16 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,3 °C

Mamlakatimizda
21 Yanvar  2019 6046

Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi o‘zgardi

Hukumat qarori bilan Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasiga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, mehnatga haq to‘lashning 1-, 2- hamda 3-razryadlari koeffitsientlari 2,476, 2,725, 2,998 dan tegishlicha 2,847, 2,997, 3,148 ga oshirildi.

Kiritilgan qo‘shimchalar shuni anglatadiki, xodimlarga to‘lanadigan ish haqining eng kam miqdori 501 ming 959 so‘mdan 577 ming 172 so‘mga oshirildi.

Endilikda, O‘zbekistonda 577 ming 172 so‘mdan kam oylik ish haqi to‘lanishi mumkin emas.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech