29 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,7 °C

Xalqaro hamkorlik
17 Mart  2020 1047

Afg‘oniston masalasida Hindiston yaqin hamkor

Hindiston tomoni koronavirusga qarshi ko‘rayotgan choralari haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Santosh Ja bilan uchrashdi, deb xabar beradi  «Dunyo» AA Tashqi ishlar vazirligi manbasiga asoslanib.

Uchrashuvda elchi hozirgi paytda koronavirusga qarshi kurashning dolzarbligini ta’kidlab, Hindiston tomoni ko‘rayotgan xavfsizlik choralari to‘g‘risida ma’lumot berdi, shuningdek, ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston va Hindistonning afg‘on muammosini hal etish borasidagi sa’y-harakatlari, Afg‘onistonda turli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston – Hindiston hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Hindiston tomoni Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatishda bundan keyin ham faol ko‘maklashishga tayyorligini qayd etdi.

Shu bilan birga, muloqot davomida Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish, Ta’lim markazini zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlash, qisqa muddatli kurslarni tashkil etish, Surxondaryo viloyatidagi tibbiyot muassasalarida ta’mirlash ishlarini olib borishga oid masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech