07 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30 °C

Transport
1 May  2020 345

Maxsus yoʻlovchi poyezdlar – xizmatda

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga chalinib, toʻliq davolangan bemorlar soni kundan kunga ortib bormoqda. Shu bilan birga karantinda boʻlgan fuqarolarimizni oʻz manzillariga yetkazishga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati ham hissasini qoʻshib kelyapti.

Joriy yilning 30-aprel kuni “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Toshkent janubiy vokzalidan Toshkent – Andijon yoʻnalishi boʻyicha vodiy viloyatlariga 200 nafardan ortiq, Toshkent – Urganch yoʻnalishida ham shuncha nafaryurtdoshmiz oʻz yashash manzillariga yuborildi. Ular Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida tashkil qilingan karantin maskanlarida shifokorlarimiz nazoratida boʻlib, karantin muddatini oʻtagan fuqarolarimizdir.

Taʼkidlash joiz, “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bu kabi maxsus poyezdlar qatnovi mamlakatimizda karantin muddati tugaguncha tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Bunday xizmatlar barcha sanitariya va gigiyena qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda bepul amalga oshiriladi.

Rustam Haydarov

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech