29 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31 °C

Tashvishli xabar
6 Aprel  2020 780

Maxsus tovush va yorug‘lik signallarini o‘ynab ko‘rdilar

Internet tarmog‘ida «Karantin davrida bu qanday vahshiylik» nomli videorolik tarqalgan.

5-aprelda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda «Lacetti», «Captiva», «Spark» rusumli avtomobillar Toshkent shahrining Shayxontohur va Olmazor tumanlari ko‘chalarida xavfli tarzda va maxsus tovush va yorug‘lik signallarini ishlatgan holda harakatlanganliklari ko‘rinib turibdi.  

Aniqlanishicha, ushbu videorolik 21 yoshli avtoelektrik Xusniddin va 23 yoshli videomontajchi Mavlonjon tomonidan joylangan. Rolik joriy yil 23-fevralida Kichik xalqa avtomobil yo‘lida, General Uzoqov va Shifokorlar ko‘chasida yuqoridagi elektrikning xizmatini reklama qilish maqsadida olingan, avtomobillar esa uning tanishlariga tegishli bo‘lgan. Dastavval videorolik Xusnidin tomonidan 1-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarga joylangan, 5-aprel kuni esa nusxalangan. Hozirgi karantin va transport vositalari harakati cheklovi sharoitida videorolik tarmoq foydalanuvchilarining noroziliklarini uyg‘otdi.  

Transport vositalari haydovchilari aniqlandilar. «Lacetti» (davlat raqami 01 D 515 XA) rusumli avtomobil 32 yoshli Zafarga tegishli bo‘lib, u mashinani yuqoridagi Mavlonjondan 19 mart kuni (video suratga olingandan so‘ng) xarid qilgan. «Captiva» (davlat raqami 70 Q 111 OA) rusumli avtomobil 24 yoshli qashqadaryolik Toxirbekga tegishli.  «Spark» (davlat raqami 01 T 077 CA) rusumli avtomobil esa 24 yoshli Azizbekka tegishli.

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari yorug‘lik va tovush moslamalari noqonuniy tarzda o‘rnatilganligini, shuningdek transport vositalari guruh bo‘lib harakatlanib, bu bilan yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid solinganligi faktlarini aniqladilar.

Qoidabuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 127 moddasi («Transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni o‘rnatish qoidalarini buzish») hamda 183 moddasi («Mayda bezorilik») bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi. Eslatib o‘tamiz, mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik – bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291 moddasiga muvofiq avtomobillar jarima maydonchasiga joylanadi. Tekshiruv davom etmoqda. Shayxontohur tumani prokuraturasi tomonidan qoidabuzarlarga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llash masalasi hal qilinmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech