06 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28 °C

Transport
9 Aprel  2020 4426

Maxsus komissiya xabari

Koronavirus infeksiyasini keng tarqalishini oldini olish va eʼlon qilingan karantin talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 8-apreldagi qaroriga asosan, 2020-yil 9-apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish toʻxtatildi.

Bunda avtotransport vositalariga mazkur sanaga qadar taqdim etilgan ruxsatnomalar asosida harakatlanish huquqi saqlab qolindi.

Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning roʻyxati qisqartirilib, alohida eʼlon qilinadi.

Koʻrib chiqish jarayonida boʻlgan arizalar qanoatlantirilmasdan qoldiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech