22 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,3 °C

Mamlakatimizda
2 Fevral  2019 1528

Matbuot va axborot agentligi Prezident Administratsiyasi tarkibidagi tuzilmaga aylantirildi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi 1 fevraldan boshlab Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga aylantirilib, endi Prezident Administratsiya tarkibidagi tuzilma bo‘lmoqda, uning direktori lavozimi esa davlat rahbari maslahatchisining birinchi o‘rinbosarligiga tenglashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligini isloh qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra O‘zMAA endi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi deb ataladi.

Idora Vazirlar Mahkamasi yurisdiksiyasi ostidan chiqarilib, davlatning axborot siyosatini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish sohasidagi vakolatli organga aylantirilmoqda.

Yangi agentlikning asosiy vazifalari sifatida ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, vazirliklar matbuot xizmatlari ishini yaxshilash, davlat organlari ochiqligini ta’minlash belgilanmoqda.

Barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari Agentlikning axborot sohasidagi topshiriqlarini bajarishga majbur.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech