30 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,6 °C

Xavfsizlik
28 Mart  2020 1176

Mast holda avtomashina olib qochgan

2020-yil 25-martda Termiz shahar Yoshlik ko‘chasida yashovchi 34 yoshli yigit Termiz shahri bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan.

Uunda 2020-yil 24-mart soat taxminan 22:15 da Termiz shahar A.Navoiy ko‘chasidagi ichki yo‘lda turgan o‘ziga tegishli «Spark» rusumli avtomashinasini noma’lum shaxs olib qochib ketganligini ko‘rib qolib, uning ortidan quvlaganligini, noma’lum shaxs avtomashinani taxminan 50 metr masofagacha boshqarib borib, avtomashinani to‘xtatib, tushib qochib ketganligini ma'lum qilgan.        

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni mast holdagi 29 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ushbu fuqaro protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech