11 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,9 °C

Xavfsizlik
11 Noyabr  2019 441

Vijdon bir chetga surildi. Masjidning ochilishiga yordamlashaman deb 4500 dollar oldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda bir fuqaroning firibgarlik qilib yurgani aniqlandi, deb xabar qiladi bosh prokuratura matbuot xizmati.

Fuqaro Dilshod.R. fuqaro Alisher.R.ga hashar yo‘li bilan obod etilgan “Ko‘k to‘nli ota” nomli masjidni ochilishi uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ruxsatnoma olib berishni va'da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 4500 AQSh dollari va 27 mln. so‘m pullarni olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganligi ma'lum bo‘lgan.

Yana bir holatda fuqaro Dilshod.R. fuqaro Maqsud.T.ning farzandini ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 1000 AQSh dollarini olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan, fuqaro Dilshod R.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech