19 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,8 °C

Bilasizmi?
29 May  2019 503

Marsdagi qum tepaliklar g‘ayritabiiy tarzda harakatlanadimi?

Qizil sayyora yuzasida qum tepaliklar shamol ta'sirida asta-sekinlik bilan harakat qiladi. Lekin yerdagi qum barxanlari harakatida ishtirok etmaydigan omillar ham ularga ta'sir ko‘rsatadi, deya xabar beradi rambler.ru nashri.

Olimlar NASA Mars Reconnaissance Orbiter (MRO) yordamida to‘plangan ma’lumotlardan foydalanib, qariyb 500 ta alohida-alohida qum tepaliklari harakatini kuzatdilar. Ushbu qum tepaliklari harakatini o‘rgangan tadqiqotchilar Marsdagi shamol va qum o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni yerdagi o‘xshash vaziyati bilan solishtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

«Marsdagi shamol quvvati sayyora yuzasi bo‘ylab katta miqdordagi qum tepaliklarni ko‘chirish uchun yetarli emas, – dedi Arizona universiteti (AQSh) sayyorashunosi, yangi tadqiqot bosh muallifi Mettyu Xoynatski. – Marsdagi qum tepaliklarning bir mavsumda yerdagilari bosib o‘tadigan masofaga siljishi uchun ikki yil vaqt kerak bo‘ladi».

Xoynatski va hamkasblari tadqiqotlarda Qizil sayyora yuzasining MRO apparatidagi HiRISE bort kamerasi yordamida olingan batafsil suratlaridan foydalanishdi. Arxiv va zamonaviy suratlarni bir-biri bilan taqqoslagan olimlar qum tepaliklar siljishini kuzatib, ularning harakatlanish tezligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi.

Olingan natijalar Marsda qum tepaliklarning harakatlanish jadalligi yerdagilari siljishi tezligining faqat kichik qisminigina tashkil etishini ko‘rsatdi. Sirtning ba'zi joylarida - masalan, Ulkan sirt, Gellespont tog‘lari va North polar ergs, deb nomlangan hududida - qumlar tezroq sur'atlarda harakat qilishi esa eng kutilmagan natija bo‘ldi, deyish mumkin. Olimlar mazkur anomaliya turli yuzalardagi mavjud joylar balandligi va haroratining o‘zgarishi bilan bog‘liq, deb hisoblamoqda. Bu omil yerdagi qum tepaliklarining harakatlanish tezligiga hech qanday ta'sir qilmaydi, demoqda tadqiqotchilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech