16 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,8 °C

Dolzarb
30 Avgust  2019 504

Marsda birinchi vertolyot

Kaliforniya shtatidagi Pasadena reaktiv harakatlar laboratoriyasida NASA muhandislari Mars Helicopter vertolyotini ishlab chiqdilar. Bu boshqa sayyoraga uchadigan birinchi parvoz apparati bo‘lib, Mars 2020 marsdayurari korpusiga o‘rnatiladi. 

Quyosh energiyasida ishlaydigan ikkita rotorli qurilma-vertolyot atmosferaga kirish, shuningdek, pasayish va qo‘nish vaqtida turli zararlardan himoya qilish uchun muhofaza qobig‘i bilan qoplangan. Qo‘nishdan so‘ng vertolyot kapsulada qoladi va marsdayurar jo‘natiladigan Jezero kraterida sinov parvozlarini o‘tkazish uchun mos maydon topilgach, ishga tushiriladi.

 Parvoz sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda Qizil sayyora havo maydonida tadqiqotlar olib borishi uchun ikkinchi avlod vertolyotlaridan foydalanish rejalashtirilgan.  

«Bizning vazifamiz - avtonom boshqariladigan parvoz juda nozik Mars muhitida ham amalga oshirish mumkinligini isbotlashdir», deydi https://www.nasa.gov/feature/jpl/nasas-mars-helicopter-attached-to-mars-2020-rover JPL vakili, Mars Helicopter loyihasi rahbari Mimi Aung. - Vertolyotimiz eksperimental texnologiya parvozi sinovi uchun ishlab chiqilgani sababli, hyech qanday ilmiy vositalarni olib yurmaydi. Agar Marsda parvoz qilish mumkinligini isbotlasak, bu kelajakda sayyorani tadqiq etishda muhim rol o‘ynaydi».

Qoyalar, g‘orlar va chuqur kraterlar kabi qiyin joylarni o‘rganish bilan bir qatorda ulardan kichik ilmiy vositalarni olib yurish yoki odamlar va robot-tadqiqotchilar uchun razvedka ishlarini bajarishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, Agentlikning eng jasoratli rejalariga Oyda insonning doimiy bo‘lishini ta'minlash va uning atrofida NASA Artemis ning Oy tadqiqotlari rejalarini amalga oshirish,  insonning Marsga parvozi jarayonida Oydan «yuk tushirish va ortish punkti» sifatida foydalanish ham bor.

Bortida «Mars» vertolyoti bo‘lgan «Mars 2020» marsdayurari «Atlas V» United Launch Alliance  raketasi orqali 2020-yilning iyul oyida 41-kosmodrom, Floridadagi HHKning Keyp-Karaveral stansiyasidan start oladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech