19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,1 °C

Sport
26 Yanvar  2019 1899

Markaziy Osiyo Qilichbozlik Konfederatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Adliya vazirligida Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyalarini birlashtiruvchi Markaziy Osiyo Qilichbozlik Konfederatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

“Huquqiy axborot” kanalining yozishicha, ushbu tashkilotning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlarida qilichbozlikni rivojlantirish va ommaviylashtirish, qilichbozlikning nufuzini oshirish hisoblanadi.

Shuningdek, Konfederatsiya Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE)ning boshqa sub'ektlari bo‘lgan qilichbozlik federatsiyalari bilan o‘zaro aloqalar va hamkorlikni ham amalga oshiradi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech