30 Mart 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Tashvishli xabar
12 Mart  2020 388

Marg‘ilonda 19 nafar “Damas” haydovchisi qamoqqa olindi

O‘z haqimizni talab qilishdan oldin “O‘zgalar huquqini poymol qilmayapmanmi?”-degan savol berishimiz kerak. Bizga foyda keltirgan ish boshqalarga ziyon keltirishi mumkinligini unutmasligimiz kerak.

Marg‘ilon shahar markazidagi B.Marg‘iloniy ko‘chasida joylashgan savdo majmuasi ro‘parasida Marg‘ilon - Farg‘ona shaharlari hamda Qirguli mavzesi yo‘nalishlarida kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi “Damas” rusumli avtomashina haydovchilari ushbu ko‘chadagi piyodalar o‘tish yo‘lakchasi oldiga hamda yo‘lning qatnov qismiga betartib turib olib, piyodalar va haydovchilarning harakatiga halal berayotganligi sababli viloyat IIB YHXB xodimlari mazkur tartibsizlikni bartaraf qilish maqsadida yetib kelishadi.

Ammo, “Damas” haydovchilari YPX xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, fuqarolar osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlar sodir etishgan.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Bir guruh haydovchilar o‘zlarining noqonuniy xatti-harakatlari bilan nima qilishmoqchi bo‘ldi?

“O‘zim xon - ko‘lankam maydon” qabilida ish tutgan “Damaschilar”ni qanday tushunish mumkin?

Axir, mana shunday tartibsiz harakatlar oqibatida piyoda yoki haydovchilar ishtirokida yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lyaptiku.

Aytish joizki “tirikchilik” yohud boshqa omillarni vaj qilib, qoidabuzarlik qilishga hech kimning haqqi yo‘q.

Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan jami 19 nafar huquqbuzar “Damas” haydovchilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 194 va 195-moddalari bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Marg‘ilon shahar Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudining qarori bilan 6 nafariga 15 sutka, 8 nafariga 10 sutka, 5 nafariga 5 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

Huquqbuzarlar qilmishiga yarasha jazo oldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech