04 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Bo‘sh vaqtda
23 Yanvar  2020 833

Maqsadimiz — mustahkam oila

Buxoro viloyatining barcha tumanlarida, jumladan, Jondor tumanida ham "Oila" markazi huzurida “Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” tashkil etilgan bo‘lib, turmush qurish istagida bo‘lgan yoshlarga huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, diniy hamda psixologik masalalarda qisqa o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.

Bugun yigirma olti nafar nikohlanuvchi yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv darsida tuman hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi L.Behbudova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jondor tuman bo‘linmasi rahbari R.Rahimova, tuman “Oila” markazi rahbari L.Ergasheva, diniy idora vakili N.Ergashevlar ma’ruza qilib, oilaning ma’naviy ildizlari, oilaviy munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, namunali oilani shakllantirishda milliy qadriyatlarning ahamiyati va kamchiqim to‘ylar, oilalarda mehr-oqibatni mustahkamlash hamda oilada er-xotinning burch va majburiyatlari kabi dolzarb mavzular yuzasidan tushuntirishlar berdi, deya xabar beradi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining rasmiy axborot kanali.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech