20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,2 °C

Agrosеktor
7 Fevral  2019 1660

Mansabdorlarning loqaydligi 539,8 mln. so‘mlik zarar keltirdi

Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan hududdagi 3 ta paxta tozalash korxonalarida urug‘lik chigitlarining sifatli saqlanishi yuzasidan o‘tkazilgan tekshirish jarayonida qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.

Xususan, korxonalar omborlaridagi 2018-yil mavsumidan ortib qolgan, dorilangan sara urug‘lik chigitlarning 158 tonna qismi saqlash qoidalariga rioya qilinmaganligi oqibatida zararlanib, ekishga butunlay yaroqsiz bo‘lib qolgan. Bu bilan davlat va jamiyat manfaatlariga 539,8 mln. so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan paxta tozalash  korxonalarining  mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech