15 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +8,5 °C

Sport
30 Oktyabr  2019 379

Mamlakatimizda regbi sport turi rivojlantiriladi

O‘zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qiladi “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorga muvofiq, har bir ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida regbi bo‘limlari ochiladi.

- Shuningdek, regbi bo‘yicha sport musobaqalarini o‘tkazishning quyidagi to‘rt bosqichli tizimi joriy etiladi:

- birinchi bosqichda – sport klublari, seksiyalari jamoalari o‘rtasidagi sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

- ikkinchi bosqichda – sport klublari, seksiyalari o‘rtasidagi musobaqalarda g‘olib chiqqan jamoalar o‘rtasida tuman (shahar) sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

- uchinchi bosqichda – tuman (shahar) sport musobaqalarida g‘olib chiqqan jamoalar o‘rtasida hududiy sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

- to‘rtinchi bosqichda – hududiy sport musobaqalarida g‘olib chiqqan jamoalar o‘rtasida respublika sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok) tashkil etiladi.

Bundan tashqari, qaror bilan 2019-2022-yillarda respublikada regbini yanada kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, professional regbi klublari O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan regbi sport uskunalari, inventar va maxsus professional sport anjomlarini olib kirganlik uchun 2023-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.

2020/2021-o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida hamda O‘zbekiston Milliy universitetida regbi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlovchi yo‘nalishlar ochiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech