17 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,4 °C

Kеyingi avlod
19 Aprel  2019 1065

Mamlakatimizda koreys tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar soni bir yilda 2 barobarga ortdi

Bugungi kunda yurtimiz maktablarida xorijiy tillarni o‘rganishga ehtiyoj ortib bormoqda. Xususan, koreys tilini o‘rganayotgan yoshlar soni ham oshayotganini statistik ma’lumotlar tasdiqlamoqda.

2018-2019-o‘quv yilida mamlakatimizda 12 ta koreys tilini o‘qitadigan maktablar faoliyat yuritmoqda. Ahamiyatlisi, mazkur ta’lim muassasalari soni o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 4 taga ko‘paydi, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi.

Shuningdek, koreys tili o‘qitiladigan sinflar soni 2017-2018-o‘quv yilida 91 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2018-2019-o‘quv yilida ular soni 153 taga yetdi.

Tabiiyki, koreys tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar soni ham oshib, 2018-2019-o‘quv yilida 5466 nafarni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich 2017-2018-o‘quv yiliga nisbatan 2728 nafar ko‘pligidan darak bermoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech