07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,2 °C

Bilasizmi?
31 Yanvar  2019 2004

Malayziyalik dasturchilar “Halol” brauzerini ishlab chiqdi

Malayziyalik dasturchilar tomonidan ishlab chiqilgan “Halol” brauzeri orqali saytlardagi kontentni filtr qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ushbu brauzerning SalamWeb nomli ilovasida islomiy odob-axloqqa to‘g‘ri kelmaydigan, turli haqoratli kontentlarni bloklash uchun bir qancha filtr qilish vositalari mavjud. Misol uchun, brauzer fahsh targ‘ib qiluvchi va qimor uyinlariga ixtisoslashgan saytlarni umuman ko‘rsatmaydi, deb yozmoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

“Bloomberg”ning xabar berishicha, brauzer namoz vaqtlarini ham ko‘rsatib turadi. Hozirda yangi ilova, asosan Malayziya va Indoneziya mamlakatlarida istiqomat qiluvchi musulmonlarga mo‘ljallangan. Biroq kompaniya yaqin kelajakda ilovasini dunyoning 10 foiz musulmonlari orasida tarqatishni rejalashtirgan.

“Biz internetni yaxshiroq qilishni istaymiz. U yaxshi va yomon qismlarga bo‘linadi. Bizning brauzerimiz esa faqat yaxshi internet uchun oyna ochib beradi”, deydi Salam Web Technologies vakili Hasni Zarina.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech