05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

investitsiyalar
10 Aprel  2020 1583

Malayziya kompaniyasi 110 million dollar sarmoya kiritishga tayyor

Malayziyada “Phills Asia Pacific” kompaniyasi rahbariyati bilan videokonferensiya muloqoti boʻlib oʻtdi. Muloqot davomida Buxoro viloyatida “Aviation Academy” uchuvchilar oʻquv markazi va yuk tashish uchun logistika markazini yaratish masalasi muhokama qilindi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

 

Malayziya tomoni ushbu loyiha doirasida 110 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyalarni jalb qilishga tayyorligini bildirdi.

Xorijiy investorlarga Oʻzbekiston rahbariyati tomonidan koronavirusga qarshi kurashish va qoʻshma loyihalarni uzluksiz amalga oshirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Tomonlar oʻquv va logistika markazlarini yaratishga tayyorgarlik bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqdi.

“Phills Asia Pacific” kompaniyasi ijrochi direktori Rajisvaran Durayrju koronavirus pandemiyasiga qaramay, loyihani amalga oshirishga tayyorligini maʼlum qildi. Shuningdek, u bugungi kunda Malayziya tomoni mazkur loyihalar binolarining 3D shaklidagi koʻrinishini ishlab chiqish ishlarini davom ettirayotganini taʼkidladi.

Videokonferensiya yakunida xalqaro havo qatnovlari tiklanganidan soʻng “Phills Asia Pacific” kompaniyasi rahbariyatining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech