22 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,5 °C

Biznes
5 Iyun  2020 1169

Malayziya tadbirkorlarimizni qoʻllab-quvvatlamoqchi

 Malayziya oʻzbekistonlik eksportchilarga savdo maydonlaridan tekin foydalanishni taklif qilmoqda.

 

Bu haqda Oʻzbekistonning ushbu mamlakatdagi elchixonasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, mamlakatimizning boshqa tashkilot va agentliklari hamda Malayziyaning “GM Klang Wholesale City” yirik ulgurji savdo markazi vakillari ishtirokida oʻtkazilgan videokonferensiya vaqtida aytildi, deb xabar beradi “Dunyo”AA.

“GM Klang WholeSale City” savdo markazi 140 ming kvadrat metr maydonda joylashgan, uchta blokdan iborat. U 2 ming 500 ta ulgurji doʻkonni birlashtiradi. Savdo markaziga bir oy davomida taxminan 600 ming xaridor tashrif buyuradi. Bugungi kunda “GM Klang WholeSale City” oʻz mahsulotlarini dunyoning 20 dan ortiq davlatiga taqdim etmoqda.

Videokonferensiya yakunlariga koʻra, tomonlar savdo markazi hududidan taqdim etiladigan maydondan bir yil muddatda tekin foydalanish va Oʻzbekiston mahsulotlarini taqdim etish uchun koʻrgazma tashkil etishga kelishib oldi.

Koʻrgazmada meva-sabzavot, oziq-ovqat, charm-poyabzal, ipak va kimyoviy mahsulotlar, shuningdek, xalq amaliy sanʼati buyumlari namunalari hamda kataloglarini joylashtirish rejalashtirilgan.

“GM Klang Wholesale City” savdo markazi egasi Lim Kokning fikricha, bunday imkoniyat oʻzbek mahsulotlarining yangi bozorlarga kirishiga hamda yurtimiz tadbirkorlariga Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridagi importchi kompaniyalar bilan aloqalarni kengaytirishga yordam beradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech