20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,3 °C

Mamlakatimizda
8 Aprel  2019 1213

Maktablar uchun muqobil darsliklar yaratiladi

Hukumat qarori bilan Umumta'lim maktablari uchun muqobil darsliklarni yaratish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi (2019 yil 5 aprel, 281-son).

 

Nizomga muvofiq, muqobil darsliklarga qo‘yiladigan talablar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi

Vazirlik keyingi o‘quv yillari uchun tavsiya etiladigan va yaratiladigan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarning ro‘yxatini hamda ularga qo‘yiladigan talablarni ommaviy axborot vositalari va vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali bir yil oldin e'lon qiladi.

Mazkur darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni tayyorlashda ishtirok etish istagida bo‘lgan ijodiy jamoalar Respublika ta'lim markazi Muvofiqlashtiruvchi kengashining ishchi organiga taklif kiritadi.

Yaratilgan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar Ishchi organga original maket holatida kiritiladi.

Original maketlar vazirlik huzurida tashkil etiladigan ekspertlar guruhi tomonidan ikki oy muddatda ekspertizadan o‘tkaziladi.

Ishchi organ eng yuqori baholangan original maketlarni tajriba-sinovdan o‘tkazishga rozilik olish uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga 1 haftada kiritadi. Tajriba-sinov o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadi.

Ishchi organ tajriba-sinov va keng jamoatchilik muhokamasi natijalarini bir oyda umumlashtiradi hamda darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni tasdiqlash uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etadi.

95 foizdan yuqori ball olgan muqobil darsliklar maktablar uchun ijara tizimi asosida yaratilgan darsliklar bilan bir qatorda ixtiyoriy foydalanishga tavsiya etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech