19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Kеyingi avlod
9 May  2019 1081

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Konsepsiya doirasida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Shuningdek, bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrovi oshiriladi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan ovqatlanishi hamda sifatli tibbiy parvarishi ta'minlanadi.

Qaror bilan Konsepsiyani 2019-yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» hamda 2019-2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech