19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,3 °C

Mamlakatimizda
10 Oktyabr  2019 489

Maktabgacha ta'lim muassasalariga ko‘rsatilgan yordam uchun imtiyozlar belgilandi

Ko‘pchilik tashkilotlar maktabgacha ta'lim muassasalariga ta'mirlash ishlari, o‘yinchoqlar, sport uskunalari, mebel anjomlari va boshqa moslamalar bilan yordam berishi sir emas.

Bunday yordam bir martalik yoki muntazam ravishda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.  Vazirlar mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi qarorga asosan endi bunday ko‘mak uchun soliq imtiyozlari beriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.

Bunday imtiyozlar davlatga qarashli bo‘lgan maktabgacha ta'lim muassasalariga otaliq tarzida xayriya yordamini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga nisbatan amal qiladi. Davlat-xususiy sherikchiligining bunday turi haqidagi kelishuv bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilib, tanlangan MTMga xayriya yordamini muntazam ravishda amalga oshirib borishni ko‘zda tutadi.

2019-yilning 3-oktabridan boshlab, otaliq tarzidagi xayriya yordamini ko‘rsatuvchi tashkilotlar quyidagi soliq imtiyozlariga ega bo‘ladilar:

- yuridik shaxslar tomonidan daromad solig‘ini hisoblashda qilingan sarf-harajatlar chiqarib tashlanadi;

- xayriya qilingan mahsulotlar(ishlar, xizmatlar)ga QQS va YaST qo‘llanmaydi;

- mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxidan arzon narxda sotilganda QQS sotuvning amaldagi qiymatiga nisbatan belgilanadi.

Xayriya yordamini ko‘rsatuvchi tashkilot sahovatga yo‘naltirilgan ishlarning  tartib va maqsadlarini mustaqil ravishda belgilaydi. O‘z navbatida otaliqqa olingan maktabgacha ta'lim muassasi qabul qilingan mablag‘ va vositalarning hisobini olib borishi, xususiy sherikka ulardan maqsadli foydalanilgani haqida hisobot berib borishi kerak.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech