14 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,2 °C

Ta'lim
16 Mart  2020 7722

Maktabda onlayn darslar boshlandi

Respublikamizga koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish maqsadida Bosh vazir tomonidan o‘tkazilgan shoshilinch yig‘ilishda barcha oliy ta’lim, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim hamda tegishli vazirlik va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari talabalari, o‘quvchilari va tarbiyalanuvchilari uchun 2020 yil 16 mart kunidan uch hafta muddatga ta’til (karantin) e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan Abu Ali Ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchilari ham ta’tilga chiqishdi. O‘quvchilarning ta’til paytida bilim olishlarini davom ettirishlari uchun 16 mart kunidan boshlab pedagog xodimlar tomonidan dars jadvalida belgilangan mavzular asosida onlayn dars mashg‘ulotlari maktab-internatning telegram kanali orqali namoyish etilmoqda.

Hozirda dars jadvaliga ko‘ra algebra, geografiya, o‘zbek tili, fizika fanlari bo‘yicha videosaboqlar telegram kanalga joylashtirildi.

Karantin bahona endi ota-onalar ham dars jarayonini, har bir o‘qituvchining dars berish uslubini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘lishadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech