29 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,3 °C

Xavfsizlik
5 May  2020 608

Maktab o‘quvchisi avtomashinani olib qochdi

Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida qarovsiz qoldirilgan «Damas» rusumli transport vositasi olib qochilgan.

Voqyea 11-aprel taxminan soat 01:30 larda sodir etilgan. Noma’lum shaxs Beruniy tumani, Kepakliqal’a ko‘chasi, 71-uyning oldida 51 yoshli fuqaro tomonidan qarovsiz qoldirilgan «Damas» rusumli avtomashinan olib qochgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov va tezkor qidiruv ishlari davomida «Damas» rusumli avtomashina Beruniy tumani, «Navoiy» OFY hududida joylashgan fermer xo‘jaligi dala maydonidan texnik soz holatda topilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni Beruniy tumani, Chig‘atoy ko‘chasida yashovchi umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi, voyaga yetmagan 17 yoshli o‘spirin sodir qilganligi aniqlangan, deb xabar beradi IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech